+998 71 200-66-88 09:00 - 19:00 Du.-Shan.
info@vitech.uz Elektron manzil

Dudbo’ron qanday tanlanadi?

Oshxona dudbo’roni o’zining havo tozalash vazifasini samarali bajarishi uchun, uning motori quvvatini to’gri tanlay bilish lozim. Bu injenerlar va gigiyenistlar tomonidan tavsiya etilgan, oddiy formulaga asosan hisoblanadi: oshxona maydoni uning bo’yiga va 10 ga ko’paytiriladi.  Natijada, motorning minimal quvvat miqdori kelib chiqadi  (kub/soat).

Masalan, oshxonaning maydoni – 8 m2, bo’yi - 2,7 m. Bu xolda, motorning minimal talab etilgan quvvati 8 x 2,7 x 10 = 216 kub/soatga teng.

Agar oshxona mehmonxona bilan birlashtirilgan bo’lsa, unda umumiy maydon kattalashadi. Bu xolda, formula bo’yicha hisoblangan quvvat darajasini 20-30 % ga oshirish darkor. Shuni ham unutmangki, yog’ni o’zida ushlab qoluvchi har qanday fil’trlarning o’rnatilishi dudbo’ron unumdorligini 10-15 % ga pasaytiradi.

Dudbo’ron unumdorligini tekshirar ekansiz, u bir soat ishlashi mobaynida, oshxona hajmining 10-12 barobari miqdoridagi havoni o’zidan o’tkazishi lozimligini hisobga oling. Savdoda eng ko’p uchraydigan dudbo’ronlar quvvati 300-700 m3/soat bo’lgan uskunalardir. Ular maydoni 5-10 m2, va shiftining balandligi 3 metrgacha bo’lgan kichik va o’rta kattalikdagi xonalar uchun mo’ljallangan.

Lekin, mutaxassislar keragidan ozgina ko’proq quvvatli dudbo’ronlarni olishni tavsiya etadilar. Sababi, quvvati yuqori bo’lgan model’ bu sharoitda kichikroq quvvat bilan ishlaydi va natijada, uskuna ancha keyinroq eskiradi.

Bundan tashqari, havo tozalovchi uskunani sotib olayotganda, ishlash quvvatini sozlash darajalarining soniga ham e’tibor berish lozim. Quvvat sozlash darajalari qancha ko’p bo’lsa, xozirgi payt uchun mos keladigan havo o’tkazish darajasini aniq belgilash shuncha oson bo’ladi. Bu nimani anglatadi? Masalan, gaz plitasining bir konforkasi yoqilgan bo’lsa, dudbo’ron minimal darajada ishlashi talab etiladi; agar bir necha konforka yoqilgan bo’lsa – dudbo’ron maksimal quvvat bilan ishlashi lozim.